Muhim minerallar xomashyo bazasi kengaytirilib, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Dunyoda texnologik metallar va muhim minerallarga talab keskin ortib bormoqda. Elektrotexnika, mashinasozlik, aviatsiya, energetika, tibbiyot va boshqa yuqori texnologiyali tarmoqlar uchun zarur boʻlgan bunday xomashyo va mahsulotlar iqtisodiy xavfsizlik hamda sanoat raqobatbardoshligining muhim omiliga aylanmoqda.
Mamlakatimizda bu yoʻnalishda katta salohiyat bor. Lekin hozirgi vaqtda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatining asosiy faoliyati asosan volfram va molibden ishlab chiqarish bilan cheklanib qolmoqda. Vaholanki, yangi konlarni oʻzlashtirish, boyitish fabrikalari, gidro va pirometallurgiya zavodlarini qurish orqali 28 turdagi muhim minerallarni sanoat darajasida ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Taqdimotda ushbu salohiyatni toʻliq ishga solish boʻyicha 2026-2030-yillarga moʻljallangan rejalar koʻrib chiqildi. Unga koʻra, umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Bu orqali tarmoq hajmini 2028-yilgacha 1 milliard dollarga, 2030-yilgacha 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi qayd etildi.
Joriy yilning oʻzida 166 million dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, yangi quvvatlar hisobidan yuzlab ish oʻrinlari yaratiladi, budjet tushumlari va eksport imkoniyatlari ortadi.
Volfram va molibden boʻyicha “xomashyo – qayta ishlash – tayyor mahsulot” zanjirini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu orqali faqat konsentrat yoki yarim tayyor mahsulot emas, balki yuqori qoʻshilgan qiymatga ega metall kukunlari, qotishmalar, sterjenlar, simlar, sanoat uchun detallar va boshqa tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsad qilingan.
Buning uchun Chirchiq shahrida “Kelajak metallari” texnoparki va R&D markazining faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish belgilangan. U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, yuqori soflikdagi metallar va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoit yaratiladi.
Prezidentimiz texnopark va uning rezidentlariga yer uchastkalari hamda infratuzilmadan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar berish, startap loyihalarni moliyalashtirish dasturini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.
Markaziy Osiyoda muhim minerallar boʻyicha yagona ilmiy-tadqiqot va texnologik markazni shakllantirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Chirchiq shahrida tashkil etilayotgan nanotahlil laboratoriyasi geologiya, konchilik va metallurgiya loyihalari uchun zamonaviy tahlil xizmatlarini koʻrsatadi. Laboratoriya toʻliq ishga tushgach, bir kunda 1 mingtagacha namuna tahlil qilinib, 6,5 million dollarlik import xizmatlari mahalliylashtiriladi, yana 4 million dollarlik xizmatlar eksporti yoʻlga qoʻyiladi.
Sohadagi loyihalarni tezlashtirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, istiqbolli maydonlar va konlarni xalqaro standartlar asosida baholash, texnogen chiqindilarni qayta ishlash, xorijiy investorlar va texnologik hamkorlarni faol jalb qilish muhimligi qayd etildi.
Shu bilan birga, tarmoqda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish zarurligi taʼkidlandi. Geologik maʼlumotlarni yagona raqamli bazaga jamlash, qidiruv ishlarini 3D modellashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish, bozor tahlili va loyihalar boshqaruvini zamonaviy platformalar orqali tashkil etish vazifalari belgilandi.
Soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Toshkent davlat texnika universiteti bilan dual taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilib, Texnologik metallar kombinatida metallurgiya va materialshunoslik boʻyicha 2 ta kafedra ochilgan. Ayni vaqtda universitetning 64 nafar talabasi ishlab chiqarish amaliyotini korxonada oʻtamoqda. Mutasaddilarga dual taʼlim qamrovini kengaytirish, oʻquv dasturlarini yangi loyihalar ehtiyojiga moslashtirish va bitiruvchilarni yuqori texnologik ishlab chiqarishlarga yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari muhim minerallar sohasi yangi sanoat tarmoqlarini shakllantirish, eksportni koʻpaytirish, texnologik mustaqillikni taʼminlash va yuqori malakali ish oʻrinlari yaratishda katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Mutasaddilarga 2026-2030-yillarga moʻljallangan loyihalar ijrosini qatʼiy nazorat qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Powered by Froala Editor