Muz ustida sensatsiya: Shaydorov Qozog‘istonga oltin olib keldi

Sport

Qozog‘istonlik figurali uchuvchi toza chiqishi bilan favoritlarni ortda qoldirib, Olimpiya chempioniga aylandi.

Muz ustida sensatsiya: Shaydorov Qozog‘istonga oltin olib keldi
Qozog‘iston vakili Mixail Shaydorov 2026-yilgi Olimpiadada erkaklar o‘rtasidagi yakka figurali uchishda sensatsion tarzda g‘alaba qozondi.

Hal qiluvchi omil erkin dastur bo‘ldi: finalchilardan oltitasidan beshtasi yiqildi. Shaydorov esa dasturini xatosiz bajarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba Qozog‘iston uchun qishki Olimpiada o‘yinlarida so‘nggi 32 yildagi ilk oltin bo‘ldi.

Asosiy favorit sanalgan amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda ikki bor yiqilib, yakunda sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Rossiyalik yagona ishtirokchi Pyotr Gumennik neytral bayroq ostida chiqish qildi. U dasturini toza bajargan bo‘lsa-da, oltinchi o‘rinda yakunladi.

Kumush va bronza medallarini yaponiyalik sportchilar Yuma Kagiyama hamda Syun Sato qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing