Myunxenda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Siyosat

“Azertaj”ning xabar berishicha, Myunxenda Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirokida uchrashuv o‘tkazmoqda.

Myunxenda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
Eslatib o’tamiz, Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonni provokatsion harakatlarda ayblab, harbiy mojaro keng ko‘lamli urushga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Bosh vazir Ozarbayjon Armanistonga qarshi harbiy bosimni to'xtatmayapti, degan fikrni bildirdi. “Bizga Ozarbayjon o‘z chegaralari barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashdan manfaatdor emasdek tuyulmoqda va bunday taassurotning sabablari ko‘p”, — dedi Pashinyan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing