NASA astronavtlari Oyga Prada skafandrlarida uchadi
Dunyo
2025-yilda NASA Oyga “Artemida III” missiyasisini yuborishni rejalashtirmoqda. Missiya davomida kosmonavtlar Oy yuzasiga qoʻnishi kerak boʻladi.
Italiyaning Prada moda uyi Axiom Space bilan hamkorlikda NASAning Artemida III oy missiyasi uchun uskunalar ishlab chiqadi. Bu haqda “Axiom Space” nashri ma’lum qildi.
2025-yilga rejalashtirilgan Artemida III missiyasi 1972-yil dekabrida Apollon 17ʼdan beri Oyga qo‘nadigan birinchi missiya bo‘ladi.
Axiom Space bosh direktori Maykl Suffredinining ta'kidlashicha, Prada xomashyo, ishlab chiqarish texnologiyalari va innovatsion dizayn konseptsiyalarida texnik tajribaga ega.
“Oy yuzasida astronavtlarga qulaylik yaratish uchun ilg‘or texnologiyalar zarur. Yangisida eskirgan skafandrlarda yetishmayotgan omillar ham hisobga olinadi”, deydi Maykl Suffredini.
Qayd etilishicha, Prada muhandislari butun dizayn jarayonida Axiom Space Systems jamoasi bilan ishlaydi. Kosmos va oy muhitining noyob muammolaridan himoya qilish uchun materiallar va dizayn xususiyatlari bo'yicha yechimlar ishlab chiqiladi.

Powered by Froala Editor