National Review: Zelenskiy kuchayib borayotgan siyosiy bosim ostida qoldi
Dunyo
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat boshqaruvi tizimi tanqidi va saylov o‘tkazish haqidagi chaqiriqlar fonida kuchayib borayotgan siyosiy bosimga duch kelmoqda. Bu haqda Amerikaning National Review nashri yozib, yangi bahslarni Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorovning bayonotlari bilan bog‘laydi.
Nashr muallifiga ko‘ra, Ukrainaning xalqaro tarafdorlari orasida Zelenskiyga munosabat o‘zgarib bormoqda. «Zelenskiy burchakka siqib qo‘yilgan va murakkab hamda og‘riqli qarorlar qabul qilishga majbur», — deyiladi materialda.
Fedorov avvalroq davlat boshqaruvidagi inqiroz va saylovlar o‘tkazish zarurati haqida gapirgan. Uning ta’kidlashicha, fuqarolar qarorlar nima sababdan qabul qilinayotgani va ayrim islohotlar nima uchun to‘xtatilayotganini tushunmaydigan sharoitda cheksiz yashay olmaydi.
Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda yakunlangan. 2024-yil 31-martga belgilangan prezidentlik saylovlari o‘tkazilmagan. Bunga amaldagi harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab sifatida ko‘rsatilgan.
2025-yil dekabrida AQSh Prezidenti Donald Tramp ham Ukrainada saylov o‘tkazishga chaqirgan.

Powered by Froala Editor