Neftga bo‘lgan talab bo‘yicha bo‘lajak jahon yetakchisi ma’lum bo’ldi

Iqtisodiyot

Hindiston 2027-yilga kelib, mamlakatda xom neft qazib olishning qisqarishiga qaramay, neftga bo‘lgan talab bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanishi mumkin. Shu munosabat bilan Hindiston neft importini faol ravishda rivojlantirishi kerak bo'ladi.

Neftga bo‘lgan talab bo‘yicha bo‘lajak jahon yetakchisi ma’lum bo’ldi
Xalqaro energetika agentligining (IEA) energiya bozori va xavfsizlik bo'limi direktori Keysuke Sadamori Hindistonda neftga bo'lgan talabning o'sishi 2027-yilga kelib Xitoynikidan oshib ketishini aytdi.

Ayni paytda Xitoy neftga bo‘lgan talabning o‘sishi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, biroq keyingi olti yil ichida vaziyat Hindiston foydasiga o‘zgaradi. IEA hisob-kitoblariga ko'ra, Hindiston neftga bo'lgan talabning o'sishi manbai sifatida Xitoyni ortda qoldiradi.

2023-yilda Hindiston va Xitoy Rossiya neftining eng yirik importchilariga aylandi. Hindistonning ulushi 40%, Xitoyning ulushi esa umumiy eksportning 45–50% ni tashkil etdi. Bu haqda bosh vazir o'rinbosari Aleksandr Novak aytdi. Shu bilan birga, Yevropaga yetkazib berish 40-45% dan 4-5% gacha sezilarli darajada kamaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing