Nestle O‘zbekistonda bolalar ozuqasini qaytaradi

O'zbekiston

Nestle Food kompaniyasi O‘zbekistonda cheklangan miqdordagi bolalar ozuqasini ixtiyoriy qaytarishni e’lon qildi. Ro‘yxatga tez eriydigan quruq sut va qatiq aralashmalari hamda aminokislotalar asosidagi maxsus davolovchi aralashmalar kiritilgan.

Nestle O‘zbekistonda bolalar ozuqasini qaytaradi
Qaytarilish sababi — tashqi yetkazib beruvchi tomonidan ta’minlangan araxidon kislotasida toksin cereumildning mavjud bo‘lishi ehtimoli. Ushbu modda organizmga tushganda, ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘risi kabi zaharlanish simptomlari kuzatilishi mumkin.

Qaytarilish quyidagi partiyalarni qamrab oladi:

NAN 1 OPTIPRO — 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA

NAN 2 OPTIPRO — 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611

NAN qatiq (0–12 oy) — 51230017A1

NAN Supreme (0–12 oy) — 52790742C1

ALFARE Amino — 51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1

Kompaniya ta’kidlaydiki, toksin miqdori juda oz va O‘zbekistonda cereumild uchun normativ mavjud emas. Shunga qaramay, Nestle global xavflarni kamaytirish dasturi doirasida 5 yanvardan cheklangan partiyalar ixtiyoriy tarzda qaytarilmoqda.

Mahsulotlarni sotib olgan iste’molchilar ularni belgilangan tartibda qaytarishlari mumkin. Boshqa partiyalar yoki Nestle bolalar ozuqasining boshqa turlari bu jarayonga kirmaydi.

Shuningdek, avvalroq Nestle bolalar ozuqasini toksin xavfi sababli Evropaning bir qator davlatlari va Qozog‘istonda ham qaytarish amaliyoti o‘tkazilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing