Netanyahu shanbagacha, barcha 76 nafar garovdagi isroilliklar ozod qilinmasa, “shiddatli janglar” qayta boshlanishini aytdi
Dunyo
Isroil Bosh vaziri Benjamin Netanyahu xavfsizlik kengashining to‘rt soatlik yig‘ilishidan so‘ng e’lon qilgan videomurojaatida, agar Hamas shanba kuni tushgacha garovga olinganlarni ozod qilmasa, G‘azoda “shiddatli janglar” qayta boshlanishini aytdi. Unga ko‘ra, Hamas garovga olinganlarni ozod qilishdan bosh tortish bilan kelishuvni buzgan.
“Agar Hamas shanba kuni tushgacha garovga olinganlarni qaytarmasa, sulh bekor qilinadi va IDF (Isroil mudofaa kuchlari) Hamas butunlay tor-mor etilgunga qadar shiddatli janglarni davom ettiradi”, — dedi Netanyahu.
U shanba kuni qancha garovga olingan shaxs ozod qilinishi kerakligini aniq aytmadi. Kelishuvga ko‘ra, shanba kuni uch nafar isroillik garovdan ozod qilinishi kerak. Biroq, Isroilni kelishuvni buzishda ayblagan Hamas kecha garovga olinganlarni ozod qilish jarayonini noma’lum muddatga to‘xtatishini e’lon qildi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp kecha Hamas barcha garovga olinganlarni shanba kuni tushgacha ozod qilishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Isroil bayonotlarida esa shanba kuniga qadar 76 nafar garovga olinganning barchasi ozod qilinishi talab etilmagani seziladi. Isroil rasmiylariga ko‘ra, Hamas yaqin kunlarda kamida to‘qqiz nafar garovga olinganni ozod qilishi kerak.
Netanyahu xavfsizlik kengashi yig‘ilishida “Prezident Trampning garovga olinganlarni shanba kuni tushgacha ozod qilish haqidagi talabini olqishladik. Shuningdek, prezidentning G‘azoning kelajagi bo‘yicha inqilobiy qarashlarini ham qo‘llab-quvvatladik”, — deya qo‘shimcha qildi.
O‘tgan hafta Tramp Netanyahu bilan yonma-yon turgan holda barcha falastinliklarning G‘azodan ko‘chirilishini va janglar tugagach, AQSh G‘azoni qayta qurish jarayonini nazorat qilishini taklif qilgan edi.
Netanyahu, shuningdek, o‘tgan shanba kuni ozod qilingan uch nafar garovga olinganning ahvoli borasida “hayrat va g‘azab”da ekanligini aytdi hamda Hamas garovga olinganlarni ozod qilishni to‘xtatganidan so‘ng IDF kuchlarini G‘azoda va chegara hududlarida yanada kuchaytirishga buyruq berganini bildirdi.

Powered by Froala Editor