Netanyaxu hibsga olish tahdidiga qaramay, Nyu-Yorkka ketmoqda
Dunyo
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Demokratik partiyadan shahar meri lavozimiga nomzod Zoxran Mamdani hibsga olinishi mumkinligi haqida aniq ogohlantirganiga qaramay, Donald Tramp bilan birga Nyu-Yorkka tashrif buyurish niyatida ekanini ma’lum qildi. Mamdani avvalroq Xalqaro jinoiy sudning (XJS) 2025-yil may oyida chiqargan orderiga tayanib, saylovda g‘alaba qozongan taqdirda bosh vazirni hibsga olishga va’da bergan edi.
"Men Nyu-Yorkka prezident Tramp bilan birga boraman," - deya izoh berdi Netanyaxu balandparvoz bayonotlardan xavotirlanmay.
Tramp Isroil hukumati rahbarini qo‘llab-quvvatlab, mer saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda ham mustaqil harakat qila olmasligini ta’kidladi: "Unga baribir pul kerak bo‘ladi. Hammasi Oq uy orqali o‘tadi. U o‘zini batartibroq tutsa yaxshi bo‘lardi.
Asli kelib chiqishi janubiy osiyolik va diniy e’tiqodi bo‘yicha musulmon bo‘lgan Zoxran Mamdani Nyu-Yorkning bunday kelib chiqishga ega birinchi meri bo‘lishi mumkin. U bir necha bor Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qilgan va Nyu-York xalqaro huquq tarafdori bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan: "Agar men mer bo‘lganimda, Netanyaxuni hibsga olgan bo‘lardim," degan u 2024-yilda televideniye efirida.

AQSH, Isroil kabi, Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmaydi, biroq G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlarda gumon qilinib, hibsga olish uchun orderlar berilgan.

Powered by Froala Editor