Netanyaxu Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotish ehtimoliga qarshi chiqdi

Dunyo

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiyaga Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini sotish ehtimoliga qarshi chiqib, bunday bitim Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi mumkinligini bildirdi.

Netanyaxu Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotish ehtimoliga qarshi chiqdi
CNN telekanaliga bergan intervyusida Isroil bosh vaziri AQSh Prezidenti Donald Trampni Anqaraga zamonaviy jangovar samolyotlar yetkazib berishdan voz kechishga shaxsan chaqirganini ma’lum qildi. Netanyaxuning fikricha, Turkiyaga bunday harbiy imkoniyatlarning berilishi mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin.

U, shuningdek, F-35 samolyotlarining sotilishi Turkiyani AQShga nisbatan yanada do‘stona davlatga aylantirmasligini ta’kidladi.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Pentagon Turkiyada Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari mavjudligiga qaramay, Anqaraga F-35 samolyotlarini sotish imkoniyatlarini o‘rganayotganini bildirgan edi.

Xorijiy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Anqara F-35 dasturiga qaytish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan birini bartaraf etish maqsadida S-400 majmualarini Janubiy Koreyaga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing