Neuralink ikkinchi bemorga chip o‘rnatdi

Texnologiya

Neuralink kompaniyasi ikkinchi bemorga chip o‘rnatishda muvaffaqiyatga erishdi, deya xabar berdi kompaniya asoschisi Ilon Mask. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi implantatsiya ham juda yaxshi o‘tdi. Bu yil kompaniya 10 ta bemorga chip o‘rnatishni rejalashtirgan.

Neuralink ikkinchi bemorga chip o‘rnatdi
Ilon Mask, Lex Fridman bilan podkastda davomida: "ikkinchi implantatsiya juda yaxshi o‘tdi. Signal yaxshi, elektrodlari ko‘p". Maskning ta’kidlashicha, bu yil Neuralink 10 ta bemorga chip o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Amaliyotning qanday o‘tganiga oid batafsil ma’lumotlar oshkor qilinmadi. Iyun oyida Neuralinkning ikkinchi chipini olishni rejalashtirgan bemor tibbiy sabablarga ko‘ra operatsiyadan voz kechgan edi, shundan so‘ng amaliyot ko‘chirilgan.

Bundan tashqari, Neuralink falaj bo‘lgan odamlarning qo‘l-oyoqlari funksiyasini tiklash uchun umurtqa pog‘onasiga elektrodlari o‘rnatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqida kompaniya bosh jarrohi Mettyu MakDougall podkastda aytib o‘tdi. U kompaniya bu borada katta yutuqlarga erishganini, hayvonlar ustida sinovlar o‘tkazilganini va ularning oyoqlarini harakatga keltirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.

Yanvar oyida Neuralink birinchi neyrochipni muvaffaqiyatli o‘rnatdi, bu chip elektron qurilmalarni fikr kuchi bilan boshqarishga imkon beradi. Birinchi bemor Nolan Arbo bo‘lib, u sakkiz yil oldin baxtsiz hodisa tufayli yelkasidan pastroqqa falaj bo‘lib qolgan. 20 fevral kuni Mask Arbo chip yordamida kompyuter ekranida kursorni boshqarishni o‘rganganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing