Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinladi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 26-yanvar kuni Niderlandiyaning (qarorgohi Ostona shahrida) yangi elchisi Niko Sxemersdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinladi
“Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Niko Sxemers bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Shubhasiz, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz janob Elchining O‘zbekiston–Niderlandiya munosabatlarini boyitishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deydi Baxtiyor Saidov.

Avvalroq, Niko Sxemers O‘zbekistonda Niderlandiya elchisi bo‘lgan Andre Karstens o‘rniga tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing