Nikki Xeyli tahdidlar tufayli AQSh Maxfiy xizmatidan himoya so'radi

Dunyo

AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili va sobiq prezident Donald Trampning yagona raqibi Nikki Xeyli Maxfiy xizmatdan unga nisbatan tahdidlar kuchayib borayotgani sababli himoya so‘radi.

Nikki Xeyli tahdidlar tufayli AQSh Maxfiy xizmatidan himoya so'radi
Xeyliga nisbatan ommaviy tahdidlar uncha ko’p bo'lmasa-da, u bir qator "svatting" holatlariga duch keldi. Bu usul politsiyani chalg'itishdan iborat va natijada politsiya hujum guruhi boshqa shaxsning manziliga boradi. Mazkur usul Qo'shma Shtatlarda juda keng tarqalgan va shu kabu uydirma tahdidlarning muntazam ravishda sodir bo'layotgani buni tasdiqlaydi.

Qolaversa, yaqinda Trampga qarshi fuqarolik da'vosiga raislik qiluvchi sudyaga bomba tahdidi kelib tushdi va politsiya boshqa respublikachilarga ham chaqirildi. Nikki Xeyli himoya so’rashga qaror qilganini tasdiqladi, ammo aniq sabablarni oshkor qilmadi, vaholanki ommaviy axborot vositalari tahdidlarning kuchayib borayotganini ko'rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing