Misrning Nile Sugar kompaniyasi O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Iqtisodiyot
Misrdagi eng yirik shakar ishlab chiqaruvchilaridan biri Nile Sugar kompaniyasi $500 mlnlik yirik shakar investitsiya loyihasini amalga oshirish rejasini e'lon qildi. Qand yetishtirish loyihasi Jizzax viloyatida 52 ming gektar maydonda amalga oshiriladi.
Foto: Reuters.com
19-iyul kuni O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev va “Nile Sugar” kompaniyasi ijrochi direktori Emad Farid O‘zbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritish masalalarini muhokama qildi, deya xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.
Emad Farid O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i rivojlanayotgani hamda yer unumdorligi, yaxshi suv ta’minoti, xususiy fermerlarni birlashtirgan yagona davlat tizimi mavjudligidan xabardorligini bildirdi:
“Ushbu omillar «Nile Sugar» kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasini amalga oshirishga turtki bo‘lmoqda. Kompaniyamiz uchun Jizzax viloyati hududida ajratilishi rejalashtirilgan 52 ming gektar yer maydonida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘z ichiga olgan umumiy qiymati $500 mlnga teng yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga tayyormiz”, — dedi Emad Farid.
Nile Sugar 2006 yilda Saviris oilasi (Misrning eng badavlat oilasi) tomonidan shakar ishlab chiqarish zavodlarini qurish, ekspluatatsiya qilish va boshqarish uchun tashkil etilgan.
Zavod Nubariya (Misr)da Iskandariya cho'lida Iskandariya portidan 50 km uzoqlikda joylashgan. Uning lavlagini qayta ishlash bo'yicha nominal ishlab chiqarish quvvati sutkada 7,5 - 11 ming tonnani tashkil etadi.

Powered by Froala Editor