Nodavlat ta'lim tashkilotlari soliqlardan ozod qilinadi

O'zbekiston

Prezident qarori bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari uchun soliq va yig'imlaridan ozod qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha qator choralar joriy etildi.

Nodavlat ta'lim tashkilotlari soliqlardan ozod qilinadi
Ushbu qaror nafaqat ta'lim sohasida xususiy sektorni rivojlantirish, balki uning raqobatdoshligini oshirish va xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga qaratilgan katta qadamdir.

Qarorga asosan:

Soliq imtiyozlari: Nodavlat ta'lim tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig'imlaridan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod qilinadi. Bu, ayniqsa, yangi xususiy muassasalar uchun mablag'larni ta'lim sifatini yaxshilashga yo'naltirish imkoniyatini oshiradi.

Xorijiy o'qituvchilar uchun yengilliklar: Nodavlat ta'lim tashkilotlarida mehnat qiladigan chet ellik mutaxassislar daromad solig'i va ijtimoiy soliq to'lamaydi. Bu xorijiy pedagoglarni jalb qilishda moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi.

2025 yildan boshlab:

Xorijiy o'qituvchilar uchun “A-2” kirish vizalarini rasmiylashtirish yo'lga qo'yiladi.

Xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini tasdiqlovchi yig'imlar sezilarli darajada kamaytiriladi. Bu degani, BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha tushiriladi. Bunday imkoniyat esa o'z navbatida chet el mutaxassislar uchun yanada qulay sharoitlar yaratadi.

Ushbu qaror ta'lim sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlaydi.

Imtiyozlar joriy qilinishi nafaqat xususiy muassasalarga, balki ota-onalar va o'quvchilarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yangi imkoniyatlar orqali ta'lim sohasida keng tanlovlar yaratilib, har bir oila o'z ehtiyojlariga mos muassasani tanlash imkoniga ega bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing