Nogironligi boʼlgan shaxslarga qulay va toʼsiqlarsiz muhit yaratiladi

O'zbekiston

Har yili “Xavfsiz yoʼl va xavfsiz piyoda” jamgʼarmasi mablagʼlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʼlgan shaxslar muchun xavfsiz muhit yaratishga yoʼnaltiriladi.

Nogironligi boʼlgan shaxslarga qulay va toʼsiqlarsiz muhit yaratiladi
“Nogironligi boʼlgan shaxslarga qulay va toʼsiqlarsiz muhit yaratish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga koʼra, 2024 yil 1 oktyabrdan:

rekonstruktsiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obʼektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʼlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʼyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʼtkaziladi;

har yili “Xavfsiz yoʼl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʼarmasi mablagʼlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʼlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʼsiqsiz muhit yaratish boʼyicha qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga yoʼnaltiriladi.

2025 yil 1 yanvardan belgilangan faoliyat turlari boʼyicha litsenziya berishda obʼektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʼlgan shaxslarga toʼsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʼyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing