Nokia O‘zbekistonda 5G tarmoqlarini quradi
Texnologiya
2024-yilning to‘rtinchi choragida Toshkentda 5G tarmog‘ining tijorat yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Nokia telekommunikatsiya kompaniyasi O‘zbekistonda Perfectum operatori uchun 5G tarmoqlarini quradi. Bu haqda Nokia kompaniyasining matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, Nokia operatorning 5G tarmog'i uchun barcha yechimlar to'plamining yagona yetkazib beruvchisiga aylanadi.
2024-yilning to‘rtinchi choragida Toshkentda 5G tarmog‘ining tijorat yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, kelgusi ikki yil ichida O‘zbekistonning barcha hududlariga bosqichma-bosqich kengayishi kutilmoqda, deya ta’kidlaydi Finlyandiya kompaniyasi.
"Nokia'ning tajribasi va jahon miqyosidagi obro'si uni O'zbekistonda 5G davrini boshlash, muvaffaqiyatli o'rnatish va tarmoqni uzoq muddatli qo'llab-quvvatlashni ta'minlashdek muhim vazifani bajarishda ishonchli hamkorga aylantiradi. Bu jadal rivojlanayotgan texnologiyalar bilan hamqadam bo'lish, jamiyatimiz va umuman iqtisodiyotimiz uchun 5G texnologiyasining o’zgartiruvchi salohiyatidan foydalanish uchun muhim qadamdir", — dedi Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov.
Nokia korporatsiyasi telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va maishiy elektronika sohasidagi Finlyandiyaning transmilliy korporatsiyasi bo'lib, 1865-yilda tashkil etilgan. Nokia kompaniyasining bosh ofisi Finlyandiyaning Espoo shahrida joylashgan. Kompaniya dunyoning 130 ga yaqin mamlakatida fayoliyat yuritadi va 87 000 kishini ish bilan ta'minlaydi.

Powered by Froala Editor