OAV: Slovakiya Bosh vaziri Fitso oyoqqa turmoqda va tez orada ishga qaytadi

Dunyo

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning sog‘lig‘i suiqasddan so‘ng yaxshilanmoqda va u tez orada o‘z vazifasiga qaytadi. Bu haqda Pravda.sk mamlakat mudofaa vaziri Robert Kaliniyakga tayanib xabar berdi.

OAV: Slovakiya Bosh vaziri Fitso oyoqqa turmoqda va tez orada ishga qaytadi
Gazetaning yozishicha, Fitso to‘liq tiklanish arafasida va tez orada o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Biroq, Kaliniyakning aytishicha, bir necha o'qdan yaralanganidan keyin Fitsoda hali ham tayanch-harakat tizimi bilan bog'liq muammolar bor, ammo bu uning omma oldida paydo bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi.

Fitso bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berishga va uning NATOga a'zoligiga qarshi chiqqan va 15-may kuni hujumchi unga besh marta o'q uzgan. O’q uzgan kishi qo'lga olindi va Fitso kasalxonaga yotqizildi, u yerdan may oyining oxirida chiqarildi.

Ichki ishlar vazirligi otishmaga faqat siyosiy motivlar sabab bo‘lganini da‘vo qilmoqda. Endi uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda. Tergovchilar hujumchining hamtovoqlari bor-yo‘qligini tekshirish ustida ishlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing