OAV: Ursula fon der Lyayen ikkinchi muddatga YeK rahbari sifatida nomzod bo'lishi mumkin

Siyosat

Yevrokomissiya rahbari o‘z nomzodini 19-fevral kuni Berlinda bo‘lib o‘tadigan Xristian demokratik ittifoqi kongressida e’lon qilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Euractiv” portali.

OAV: Ursula fon der Lyayen ikkinchi muddatga YeK rahbari sifatida nomzod bo'lishi mumkin
Yevropa xalq partiyasi Yevrokomissiya prezidenti lavozimiga Ursula fon der Lyayen nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Bryusselning “Euractiv” portali xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, Ursula fon der Lyayen hali yana Yevrokomissiya rahbari lavozimiga nomzod bo'lish niyatini e'lon qilmagan. U 19-fevral kuni Berlinda bo‘lib o‘tadigan Xristian demokratik ittifoqi (XDI) kongressida o‘z nomzodini e’lon qilishi kutilmoqda.

“Euractiv” ma'lumotlariga ko'ra, XDIdan tashqari, fon der Lyayenning YeK rahbari sifatida ikkinchi muddatga nomzodi Yevropa xalq partiyasiga a'zo bo'lgan "Fuqarolik platformasi" va "Yangi demokratiya" partiyalari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi mumkin.

Fon der Lyayen 2019-yilning 2-iyulida Yevrokomissiya raisi lavozimiga nomzod sifatida saylangan va bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing