Olaf Shols: Yevropaning yagona havo mudofaa tizimini 21 mamlakat qo'llab-quvvatladi

Siyosat

Yagona Yevropa havo mudofaa tizimini yaratish g'oyasini 21 davlat qo'llab-quvvatladi. Bu haqda 24-fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi.

Olaf Shols: Yevropaning yagona havo mudofaa tizimini 21 mamlakat qo'llab-quvvatladi
Uning so‘zlariga ko‘ra, yagona havo mudofaa tizimiga boshqa bir qator davlatlar qiziqish bildirgan.

Sholsning fikriga ko'ra, birgalikda yaratilgan tizim butun Yevropa uchun xavfsizlik g'alabasi bo'ladi.

REX agentligi maʼlumotlariga koʻra, Gollandiya, Polsha, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Slovakiya, Chexiya, shuningdek, Skandinaviya davlatlari havo mudofaa tizimini yaratishdan manfaatdor, dedi Shols.

Yagona havo mudofaa tizimi NATOdan mustaqil bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing