O‘lim darajasi 34 foizdan oshdi: Kongo DRda Ebola qurbonlari soni ortmoqda

Dunyo

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi tez sur’atlarda tarqalishda davom etmoqda. Laboratoriya orqali tasdiqlangan o‘lim holatlari soni 600 nafarga yetdi, o‘lim darajasi esa 34,1 foizni tashkil etdi.

O‘lim darajasi 34 foizdan oshdi: Kongo DRda Ebola qurbonlari soni ortmoqda
Tasdiqlangan kasallanish holatlarining umumiy soni 1 759 nafarga yetdi — bir sutka davomida yana 51 ta yangi holat qayd etildi. Ayni paytda 750 nafar bemor shifoxonalar va tibbiy izolyatorlarda kuzatuv ostida qolmoqda.

Joriy epidemiya 2026-yil may oyida Kongo DRning sharqiy hududlarida aniqlangan va Ugandaga ham tarqalgan. Infeksiyaning davom etayotgan tarqalishi hamda yangi hududlarda shubhali holatlar aniqlanayotgani fonida vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Milliy va xalqaro tibbiy xizmatlar epidemiologik nazorat va virus tarqalishini cheklash choralarini davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing