Olim Marsda insonlarning doimiy bo‘lishi uchun uchta shartni sanab o‘tdi
Texnologiya
Marsda insonlarning doimiy bo‘lishi uchun uchta vazifani hal qilish zarur: Yer bilan aloqani ta’minlash, sayyoralar o‘rtasida yuk tashishni yo‘lga qo‘yish va inson yashashi uchun sharoit yaratish. Bu haqda Naked Science nashrida e’lon qilingan, Xitoy Fanlar akademiyasining Shanxay astronomiya observatoriyasi kichik ilmiy xodimi Chjan Szyatszyunga nisbat berilgan “Nima uchun Marsga yo‘l olamiz?” maqolasida so‘z yuritilgan.
Birinchi shart — ishonchli aloqa va kosmik apparatlarning aniq navigatsiyasi. Xitoy apparatlarning joylashuvi va trayektoriyasini aniqlashda o‘ta uzun bazali radiointerferometriya texnologiyasidan foydalanadi. Bu texnologiya “Tyanven-1” missiyasi davomida sinovdan o‘tkazilgan.
Ikkinchi vazifa — Mars namunalarini Yerga olib kelish. Xitoy “Tyanven-3” missiyasini taxminan 2028-yilda uchirishni, yig‘ilgan namunalarni esa 2031-yil atrofida Yerga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Uchinchi shart — Marsda inson hayotini ta’minlash. Sayyorada harorat juda past, radiatsiya yuqori, tortishish kuchi zaif va atmosfera bosimi past. Suv va kisloroddan foydalanish ham cheklangan. Olimlar hayotni ta’minlash va tadqiqotlar o‘tkazish uchun mahalliy resurslardan qanday foydalanishni aniqlashi kerak.
Qiyinchiliklarga qaramay, Mars uzoq koinotni o‘zlashtirish uchun istiqbolli maqsad hisoblanadi. Sayyorada siyrak atmosfera va suv muzi mavjud, sutka davomiyligi hamda fasllar almashinuvi esa Yerdagiga o‘xshaydi. Bu xususiyatlar kelajakda tadqiqotlar olib borish va yashash bazalarini yaratishda muhim bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor