Oliy sud: 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi

O'zbekiston

Joriy yilning birinchi yarmida Oliy sud tomonidan jinoyat ishlari bo'yicha 37 ming 179 nafar shaxsga nisbatan 29 ming 86 jinoyat ishi ko'rib chiqildi. 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Oliy sud: 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi
Sodir etilgan jinoyatlar bo'yicha 29 ming 382 nafar shaxs sudlangan bo'lib, ulardan 10 ming 287 nafari ozodlikdan mahrum qilingan va 18 ming 579 nafari boshqa turdagi jazolarga mahkum etildi. 516 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Sudlanganlarning 26 ming 28 nafari erkak, 3 ming 354 nafari ayol, 11 ming 145 nafari yoshlar (1 ming 68 nafari voyaga yetmagan) va 1 ming 105 nafari 60 yoshdan oshgan kishilarni tashkil etdi.

Sud zallarida 3 ming 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan qo'yib yuborildi. Shuningdek, 16 ming 624 nafar shaxs jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 5 ming 620 nafariga tayinlangan jazo engilrog'i bilan almashtirildi.

Hisobot davrida firibgarlik, transport vositalari harakati qoidalarini buzish, o'g'rilik, o'zlashtirish yoki rastrata qilish kabi jinoyatlar ko'rib chiqildi. Shuningdek, hujjatlar, shtamplar, muhrlar tayyorlash va qalbakilashtirish, boks kabi jinoyatlar ham aniqlandi. Yarashuv instituti natijasida 6 ming 337 nafar shaxs jinoyat javobgarligidan ozod etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing