Google'ning internet qidiruvidagi monopoliyasi noqonuniy, AQSh sudi qarori

Texnologiya

AQSh sudi Google kompaniyasining internet qidiruv sohasida monopoliyani egallab, adolatli raqobat qoidalarini buzganligini noqonuniy deb topdi.

Google'ning internet qidiruvidagi monopoliyasi noqonuniy, AQSh sudi qarori
Ushbu muhim antimonopoliya ishi bo'yicha qabul qilingan qaror , Google ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasiga katta zarba bo'lib, texnologik kompaniyalar uchun biznes yuritish usullarini o'zgartirishi mumkin.

2020 yilda AQSh Adliya vazirligi Google'ni onlayn qidiruv bozorining taxminan 90 foizini nazorat qilgani uchun sudga bergan edi. Bu katta IT-kompaniyalarga qarshi ko'plab da'volardan biridir.

AQSh okrug sudyasi Amit Mehta o'z qarorida, Google smartfonlar va brauzerlarda sukut bo'yicha qidiruv tizimi bo'lish uchun milliardlab dollar to'laganini ta'kidladi. "Guvohlarning ko'rsatmalari va dalillarini sinchkovlik bilan o'rganib chiqib, sud quyidagi xulosaga keldi: Google monopolistdir va o'z monopoliyasini saqlab qolish uchun monopolist kabi harakat qilgan," dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing