Ona yurtimiz bayrog‘i 33 yoshda!

O'zbekiston

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir.

Ona yurtimiz bayrog‘i 33 yoshda!
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi.

Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz  ifodasidir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing