OpenAI GPT-5’ni taqdim etdi
Texnologiya
OpenAI o‘zining yangi GPT-5 modelini taqdim etdi. Yaratiluvchilarning aytishicha, u avvalgi versiyalardan ancha kuchli, tez va aqlli bo‘lib, endi barcha ChatGPT foydalanuvchilariga taqdim etildi.
OpenAI rasmiy ravishda GPT-5 modelini chiqardi. Bu yangi avlod til modeli GPT-4o’ni almashtirib, ChatGPT tarixidagi eng kuchli vositaga aylanishi aytilmoqda.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, GPT-5 avvalgi barcha yutuqlarni birlashtirib, javoblar aniqligi, ishlash tezligi, mantiqiy tahlil, kontekstni tushunish, tuzilgan fikrlash va murakkab vazifalarni bajarish qobiliyatida yangi bosqichga ko‘tarildi.
OpenAI bosh direktori Sem Altman modellar rivojini ta’lim darajalari bilan solishtirdi: «GPT-3 — maktab o‘quvchisi, GPT-4 — kollej talabasiga o‘xshar edi, GPT-5 esa — fan doktori darajasidagi mutaxassis».
Yangi model dasturlashda ham yuqori imkoniyatlarga ega: taqdimotda GPT-5 atigi bir necha soniyada fransuz tilini o‘rganish uchun interaktiv o‘yinli to‘liq o‘quv saytini yaratdi. Ishlab chiquvchilar aytishicha, u kamroq noto‘g‘ri ma’lumot keltiradi va bilmasa, buni ochiq tan oladi.
7-avgustdan boshlab GPT-5 barcha ChatGPT foydalanuvchilariga taqdim etildi. Bepul akkauntlar ham foydalanishi mumkin, biroq so‘rovlar sonida cheklov mavjud.
OpenAI’ning avvalgi yirik taqdimoti 2024-yil iyunida bo‘lib, unda ChatGPT-4 Omni taqdim etilgan edi.

Powered by Froala Editor