OpenAI O‘zbekistonda "o‘zimizniki"ga aylandi
Iqtisodiyot
Sun’iy intellekt sohasidagi jahon yetakchilaridan biri - ChatGPT’ni ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi endi rasman O‘zbekiston soliq maydoniga kirdi. Bu shuni anglatadiki, OpenAI mamlakat hududida o‘z raqamli xizmatlarini taqdim etgani uchun QQS to‘laydi.
Mashhur ChatGPT sun’iy intellektini yaratgan OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda 8 aprel kuni Soliq qo‘mitasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Endilikda OpenAI O‘zbekistondagi jismoniy shaxslarga o‘zining raqamli xizmatlarini qonuniy ravishda taqdim etish huquqiga ega bo‘lib, shu bilan birga barcha belgilangan soliq to‘lovlarini to‘laydi.
2020 yildan boshlab mamlakatda rezidentlarga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar uchun soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish talabi amal qilmoqda. O‘shandan beri bu tizimga Google, Apple, Meta va Amazon kabi jahon texnologiya gigantlari qo‘shildi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston byudjetiga xorijiy elektron xizmat ko‘rsatuvchi provayderlardan 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushdi. Endi bu raqamga OpenAI ham hissa qo‘sha boshlaydi.

Powered by Froala Editor