OpenAI Sora loyihasini yopmoqda

Texnologiya

OpenAI Sora loyihasini yopishini e’lon qildi. Bu qaror foydalanuvchilar va jamoa uchun kutilmagan bo‘ldi.

OpenAI Sora loyihasini yopmoqda
OpenAI kompaniyasi matn asosida qisqa videolar yaratishga mo‘ljallangan Sora neyrotarmog‘ini yopishini rasman ma’lum qildi. Bu haqdagi bayonot jamoaning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarga loyiha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, bu yangilik ko‘pchilikni xafa qilishi mumkinligini tan oldi. Loyihaning yopilish sabablari hozircha ochiqlanmadi.

Yaqin kunlarda xizmatni to‘xtatish muddatlari, API yopilishi hamda yaratilgan kontentni saqlab qolish bo‘yicha ko‘rsatmalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror haqida xodimlarga kompaniya rahbari Sem Altman tomonidan 24 mart kuni ma’lum qilingan. Ayrim xodimlar loyiha uchun katta resurslar sarflanganiga qaramay, talab yetarli bo‘lmaganidan hayratda qolgan.

Nashrga ko‘ra, Sora yopilishi OpenAI’ning IPO oldidan korporativ mahsulotlar va dasturlash vositalariga yo‘naltirilgan yangi strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Sora 2024 yil fevral oyida taqdim etilgan bo‘lib, 2025 yil kuzida uning yangilangan — Sora 2 versiyasi chiqarilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing