Operatsion va reanimatsiya bo‘limlari videoyozuvlarini bir yil Saqlash majburiyati kiritildi

O'zbekiston

Norma.uz xabariga ko‘ra, 2024 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot muassasalarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish markazi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 444-sonli qarori qabul qilindi.

Operatsion va reanimatsiya bo‘limlari videoyozuvlarini bir yil Saqlash majburiyati kiritildi
Hujjat bilan Markazning asosiy vazifalari belgilangan: tibbiyot muassasalarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida litsenziya talablarini ishlab chiqish, litsenziatlarning talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, "xavfsiz tibbiyot" standartlarini joriy etish va boshqalar.

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy etiladi. Xususan, nodavlat tibbiyot muassasalarida operatsion bo‘limlarni tashkil qilishda, shtatda quyidagi mutaxassislar bo‘lishi shart: kamida birinchi malaka toifasiga ega operatsion jarrohlik va anesteziolog-reanimatolog, jarrohlik mutaxassisligi bo‘yicha malaka toifasiga ega bo‘lgan assistent-shifokor, birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan anesteziologiya-reanimatologiya va operatsion bo‘limning hamshiralari.

Bundan tashqari, operatsion va reanimatsiya bo‘limlarida video va audio yozuv kameralarini o‘rnatish va ushbu yozuvlarni bir yil davomida maxfiylik va shifokorlik sirini ta’minlagan holda saqlash majburiyati joriy etiladi (qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno).

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing