Oq uy Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari maydoniga aylandi
Dunyo
Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari uchrashdi. Asosiy mavzu Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishish bo‘ldi.
Tramp muzokaralar oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita gaplashganini aytib, kelishuvga erishish ehtimoli yuqori ekanini ta’kidladi. U Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng yana Putin bilan muloqot qilishini bildirdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer uchrashuvni «Ukraina uchun tarixiy qadam» deb atadi. Germaniya kansleri Fridrix Merts esa kelgusi muzokaralar sulhsiz mumkin emasligini aytdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa bu chaqiriqni qo‘llab, o‘t ochishni to‘xtatishni «zarurat» deb atadi.
NATO bosh kotibi Mark Rytte va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish muhimligini ta’kidlashdi. Rytte AQShning bunga tayyorligini «burilish nuqtasi» deb atadi, fon der Lyayen esa uni NATOning 5-moddasiga tenglashtirdi.
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb tezkor yechim zarurligini eslatib o‘tdi, Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni esa tinchlik uchun kuchlarni birlashtirish va Kiyevga ishonchli kafolatlar taqdim etish kerakligini aytdi.
Uchrashuv taxminan 1 soat 40 daqiqa davom etdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp muzokaralar chog‘ida yana Putin bilan ham suhbatlashgan. Yakuniy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, tomonlar sulhni tinchlik sari birinchi qadam sifatida ko‘rib, muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor