Oq uy Ukrainadagi zarbalar bo‘yicha vaqtinchalik pauza haqida gapirdi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Kiyev va boshqa Ukraina shaharlariga zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni shaxsan so‘raganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Rossiya tomoni bir haftalik tanaffusga rozi bo‘lgan.
«Men Putindan bir hafta davomida Kiyev va turli shaharlarni o‘qqa tutmaslikni shaxsan so‘radim. U rozi bo‘ldi», — dedi Tramp payshanba kuni AQSh vazirlar mahkamasi yig‘ilishida. Biroq u ushbu muddat qachondan boshlanishini aniqlashtirmadi.
Trampning ta’kidlashicha, murojaat sovuq ob-havo sharoiti va qish faslida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Trampning bayonotiga munosabat bildirdi. U AQSh tomoniga diplomatik sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildirib, kelishuvlarning amalda bajarilishi real vaziyat orqali baholanishini ta’kidladi.
«Energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlar uchun Amerika tomoniga rahmat. Biz AQSh bunga erisha olishiga umid qilamiz. Bugun tunda va shu kunlardagi vaziyat — energetika obyektlarimizda va shaharlarimizda bo‘layotgan holat — buni ko‘rsatadi», — deb yozdi Zelenskiy.

Powered by Froala Editor