Orban Tramp bilan Ukrainadagi tinchlik masalasini muhokama qiladi

Siyosat

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 8-mart kuni Floridada AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan Ukrainadagi tinchlik masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyarto ma’lum qildi.

Orban Tramp bilan Ukrainadagi tinchlik masalasini muhokama qiladi
“Biz u bilan (Tramp - tahr.) birinchi navbatda Ukrainada va Yevropaning sharqiy qismida tinchlikka qanday erishish mumkinligini muhokama qilishni istardik”, — dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Budapeshtdagilar Ukrainada tinchlikka faqat prezident Tramp tufayli erishish mumkin, deb hisoblaydilar.

Siyarto Ukrainadagi mojaro muzokaralar bilan tugashiga to’liq amin. Ammo bu muzokaralar qachon boshlanadi, degan savol hanuzgacha javobsiz qolmoqda. Bu qanchalik tez sodir bo'lsa, shunchalik kam odam nobud bo'ladi va vayronagarchilik kamroq bo'ladi, deb ta'kidladi Vengriya diplomati.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing