Orient Group Management kompaniyasi jarimaga torlildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga ko‘ra, iqtisodiy konsentratsiya bitimlarini amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish shart. Biroq, bu talabni bajarmagan kompaniyalar jiddiy moliyaviy jazoga tortiladi.

Orient Group Management kompaniyasi jarimaga torlildi
“Orient Group Management” MCHJ tomonidan joriy yilning 16 may kuni “Highway Logistics Center” MCHJning ustav fondidan 45 foiz ulushni qo‘lga kiritgan, ammo bu bitim monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz amalga oshirilganligi aniqlandi. Ushbu holat natijasida Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Orient Group Management” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, “Orient Group Management” MCHJ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasini buzgan deb topildi va kompaniyaga moliyaviy jarima solishga qaror qilindi. Kompaniya ushbu qarorga nisbatan sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan.

Shu bilan birga, “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QK ham 23 iyul kuni monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz “Highway Logistics Center” MCHJning ustav fondidan 45 foiz ulush sotib olgan. Bu holat ham Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning e’tiboridan chetda qolmadi.

Maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng, “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QK ham “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan deb topilib, unga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash qarori qabul qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing