Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari 4 ta muhim hujjatni imzoladi

Siyosat

Bugun Tojikistonda jamgʻarmaning taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston rahbarlari va Qirg‘iziston Hukumati a’zosi so‘zga chiqdi, BMT Bosh kotibining murojaati o‘qib eshittirildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari 4 ta muhim hujjatni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 15 sentyabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tojikiston tomoni raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev va BMT Bosh kotibining maxsus vakili – Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomati bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.

Yig‘ilishda Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston rahbarlari va Qirg‘iziston Hukumati a’zosi ham so‘zga chiqdi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining murojaati o‘qib eshittirildi.

Tadbir yakunida jamg‘arma ta’sischi davlatlari quyidagi hujjatlarni imzoladi:

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining Dushanbe bayonoti;

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Tojikiston Respublikasining OQXJdagi raisligi yakunlari to‘g‘risida qarori;

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2024-2026 yillarga OQXJ Prezidenti etib saylangani to‘g‘risidagi qarori;

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining OQXJ tashkiliy tuzilmasi va shartnoma-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi qarori.

2024-2026-yillarda OQXJga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing