Osiyo chempionati birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasida 2 ta oltin va 1 ta bronza

Sport

BAAning Dubay shahrida yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston sport vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo chempionati birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasida 2 ta oltin va 1 ta bronza
Xabar qilinishicha, musobaqaning birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Dastlabki oltin medalni balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz 1.83 metr natija bilan qitʼa chempionligini rasmiylashtirdi. Ushbu dasturda qatnashgan yana bir atletimiz Emiliya Rudina 1.74 metr bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, uch hatlab sakrash sektorida Xushnoza Shavkatova 13.33 metr bilan yana bir oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing