Ostonada Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammiti boshlanmoqda
Dunyo
“Turkiy davr” shiori ostidagi forum 3-noyabr kuni ish boshlaydi.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 3-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 10-sammiti boshlanadi.
Ma'lum qilinishicha, tadbir “Turkiy davr” shiori ostida o‘tkaziladi.
Sammitda Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan birga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Sammitga kuzatuvchi davlatlar rahbarlari sifatida Turkmaniston Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban taklif etilgan.
Qayd etilishicha, sammitda Ostona akti va Ostona deklaratsiyasi imzolanishi, iqtisod, savdo, transport, bojxona, moliya, ta’lim, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda bir qator muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor