OTB O'zbekistondagi tug'uruq markazlarini rivojlantirish uchun 100 million dollar ajratadi

O'zbekiston

Bank ushbu yordam loyihasi butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish va ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlashini ma'lum qildi.

OTB O'zbekistondagi tug'uruq markazlarini rivojlantirish uchun 100 million dollar ajratadi
OTB (Osiyo Taraqqiyot Banki) O‘zbekiston hukumatiga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida 100 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

O‘zbekistonda onalar o‘limi 2010-yilda har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 38 o‘limdan, 2020-yilda 30 o‘limgacha yaxshilangan bo‘lsa-da, Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda. O‘zbekistonda neonatal o‘lim ko‘rsatkichlari ilgari yaxshilangan bo‘lsa-da, keyingi yillarda tug‘ilishning o‘sishi fonida bu ko‘rsatkich ham oshgan.

Integratsiyalashgan perinatal yordam loyihasi hukumatga butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida ularni zarur jihozlar bilan ta'minlashda yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing