Ozarbayjon TIV rahbari Armaniston bilan tinchlik kelishuvi shartlarini ma’lum qildi

Dunyo

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jeyhun Bayramov YeXHTning amaldagi raisi, Malta Respublikasi tashqi va Yevropa ishlari, savdo vaziri Yan Borg bilan qo‘shma matbuot anjumanida Armaniston bilan tinchlik kelishuviga erishish shartlarini aytib o‘tdi.

Ozarbayjon TIV rahbari Armaniston bilan tinchlik kelishuvi shartlarini ma’lum qildi
Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziriga koʻra, Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik kelishuvi keyinroq yana muzokaralar mavzusiga aylanadigan masalalarni oʻz ichiga olmasligi kerak.

Ta’kidlash joizki, ushbu bayonot mamlakatning kelajakdagi munosabatlar uchun barqaror asos yaratish va ziddiyatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik istagini aks ettiradi.

Shuningdek, Jeyhun Bayramov Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida 2024-yil boshidan intensiv muzokaralar boshlanganini maʼlum qildi.

"Tomonlar oʻrtasida Myunxen, Berlin va Olmaota shaharlarida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Vaziyatga xolis yondashish lozim, tafsilotlarni oshkor eta olmayman, bunga bir qancha sabablar bor", — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 10–11-may kunlari Olmaota shahrida Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan va Jeyhun Bayramov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing