Ozarbayjonda O‘zbek modeli asosidagi paxta to‘qimachilik klasteri yo‘lga qo‘yilmoqda
Dunyo
Klaster O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng boshlangan muzokaralar fonida amalga oshirildi.
O‘zbekistonning paxta-to‘qimachilik klasteri tizimidagi tajribasiga bugungi kunda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston kabi mamlakatlar qiziqmoqda. Masalan, Qozog‘istondagi "Global Textile Turkestan" kompaniyasi Turkiston viloyatining fermer-paxtakorlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Tojikistonda "Zelal Tekstil", Qirg‘izistonda "Art Soft" loyihalari amalga oshirilgan.
Endilikda Ozarbayjon ham ilk marotaba O‘zbek modeli asosidagi paxta to‘qimachilik klasteri faoliyati tashkil etildi. Bu esa O'zbekiston rahbarining Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng boshlangan muzokaralarning natijasi hisoblanadi.
Ozarbayjonda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasi o‘tkazgan muzokaralar natijasida "TST Textile Group" tomonidan Imishli hududidan 5826 gektar maydon tanlandi. Amalga oshiriluvchi to‘liq zanjir beshta yo‘nalishda bo‘ladi.
3500 tonna mato, 800 ming dona tayyor mahsulot, 9500 tonna paxta yog‘i, 7 000 tonna paxta tolasi hamda 7000 tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha shartnomasi imzolandi.

Powered by Froala Editor