Ozarbayjonda O‘zbekiston savdo uyi ochildi
Iqtisodiyot
Mazkur savdo uyi nafaqat o‘֥zbek mahsulotlarini Ozarbayjon bozorida sotishga balki, Oʼzbekiston bilan oʼzaro manfaatli aloqalarni oʼrnatishdan manfaatdor boʼlgan Ozarbayjon ishbilarmon doiralarining mamlakatga sarmoya kiritishiga ham xizmat qiladi.
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Oʼzbekiston savdo uyi ochildi. Savdo uyining tantanali ochilish marosimida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida qayd etilishicha, Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi mahsulotlarga talab ortib bormoqda. Oʼzbekistonda qardosh davlat kompaniyalari kapitali asosida qoʼshma korxonalar faol ish olib bormoqda.
Yangi ochilgan Oʼzbekiston savdo uyida “Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi charm-poyabzal, toʼqimachilik, kimyo, qurilish, mebel, oziq-ovqat, elektrotexnika va boshqa mahsulotlar naʼmunalari joylashtirildi.
“Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo “KFK”, “Amir-Ul-Baxr” korxonalari Ozarbayjonda ochilgan savdo uyi orqali mazkur davlatning sanoat, qurilish va mudofaa sohalari uchun maxsus poyabzallar yetkazib berish boʼyicha muzokaralar olib borib, dastlabki kelishuvlarga erishdi.

Powered by Froala Editor