Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlaymiz — Sodiq Safoyev

Siyosat

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari oltin davrni boshidan kechirayotgani, O‘zbekiston har doim Ozarbayjonning qonuniy kurashiga nisbatan o‘z pozitsiyasini aniq bayon qilganini ta’kidladi.

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlaymiz — Sodiq Safoyev
O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlaydi. Bu haqda Amerika hisobot byurosiga BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkda bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “Report”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari oltin davrni boshidan kechirmoqda.

“Bugun Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar tarixda misli ko‘rilmagan daraja, desak bo‘ladi. O‘tgan yili Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekistonga uch marta tashrif buyurdi. Adashmasam, bunaqasi birinchi marta kuzatilmoqda. Bugun biz siyosiy muloqotni, o‘zaro tushunishni yanada kuchaytiryapmiz, iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga so‘nggi ikki tashrifi chog‘ida Fuzuliy shahrida maktab ochilganidan juda xursandman. Ushbu tashrif doirasida men ham davlat rahbariga hamrohlik qildim. Biz bir tomonda Armaniston 30 yil ichida vayron qilgan shaharlar, qishloqlar va aholi punktlarini, ikkinchi tomonda esa Ozarbayjon qisqa fursatda qayta jonlantirgan Qorabog‘ni ko‘rdik. Hudud qayta tiklanganidan juda xursand bo‘ldik”, deydi Sodiq Safoyev.

Safoyev O‘zbekiston har doim Ozarbayjonning qonuniy kurashiga nisbatan o‘z pozitsiyasini aniq bayon qilganini ta’kidladi.

“Biz Ozarbayjonning barcha sohalarda, ayniqsa, hududiy yaxlitlik va adolatni tiklash borasida erishayotgan yutuqlaridan mamnunmiz. Biz Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash va himoya qilishda barcha qiyinchiliklarga qaramay olib borayotgan adolatli kurashida qo‘llab-quvvatlaymiz, hukumat va xalqning qat’iyatini olqishlaymiz. Ishonchim komilki, Ozarbayjon yaqinda Qorabog‘ni dunyoning eng jannatmakon hududlaridan biriga aylantiradi, Shusha esa uning go‘zalligidan bahramand bo‘lishlari uchun quchog‘ini ochib, butun dunyodan mehmonlarni kutib oladi", deydi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing