O‘zbek za’faroni Xitoy bozoriga kirib bormoqda

Biznes

“BMB HOLDING” bosh ofisida Xitoyning “VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi asoschisi Gao Veyxua bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda o‘zbek za’faronini Xitoyga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.

O‘zbek za’faroni Xitoy bozoriga kirib bormoqda
Xitoy uzoq yillardan buyon oziq-ovqat, xalq tabobati va farmakologiya sohasida dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, za’faron kabi dorivor o‘simliklar tibbiyotda keng qo‘llanilib, ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida e’tirof etilgan. Shundan kelib chiqib, o‘zbek za’faroni Xitoy bozorida ham katta talabga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Uchrashuvda “BMB Za'faron” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan za’faronni Xitoyga eksport qilish, ushbu mahsulotlarni farmatsevtika va kosmetika sohalarida qo‘llash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarda o‘zbek za’faronini keng targ‘ib qilish ham rejalashtirildi.

Kelib chiqilgan kelishuvga ko‘ra, Xitoy bozoriga o‘zbek za’faronini eksport qilish va uning mintaqalarida tarqatilishini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing