O’zbekiston 2024-yilda 910 million dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi

Iqtisodiyot

Prezident tomonidan yil yakunigacha qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini keskin koʼpaytirish kerakligi bo’yicha ko’rsatma berildi.

O’zbekiston 2024-yilda 910 million dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi
Joriy yilning oʼtgan davrida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 910 million dollarni tashkil qildi. Yil yakunigacha reja qilingan eksportni taʼminlash uchun birinchi galda qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini keskin koʼpaytirish kerakligi koʼrsatib oʼtildi. Bu haqda 17-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida so’z borgan.

Hozirda saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini oshirish boʼyicha 9 trillion soʼmlik 382 ta loyiha boʼyicha ishlar boshlangan.

Bunday loyihalarni koʼpaytirish, yil yakunigacha jami quvvati 57 ming tonna boʼlgan 10 ta agrologistika markazi, 230 ming tonnalik sovutkichli omborxona qurish zarurligi qayd etilgan.

Mutasaddilarga meva-sabzavotni saqlash sigʼimini 63 foizga yetkazish vazifasi qoʼyilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing