O‘zbekiston 2024-yilda xorijga 17,4 mln dollarga teng quritilgan o‘rik eksport qilgan
Iqtisodiyot
O‘zbekiston o‘zining meva-sabzavot eksporti bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanadi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston xorijga 17,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 11,2 ming tonna quritilgan o‘rik eksport qilgan.
2024-yilda O‘zbekiston quritilgan o‘rikni eng ko‘p eksport qilgan mamlakatlar quyidagilar bo‘ldi:
Xitoy – 3 321 tonna
Rossiya – 1 388 tonna
Ukraina – 1 107 tonna
Turkiya – 1 063 tonna
Qozog‘iston – 946 tonna
Belarus – 811 tonna
Ozarbayjon – 571 tonna
Boshqa davlatlar – 2 051 tonna
Bu raqamlar O‘zbekiston quritilgan o‘rik bo‘yicha Osiyo va Yevropa davlatlari bozorlarida barqaror o‘rin egallaganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Xitoy bozoridagi talab yuqori bo‘lib, ushbu davlatga jo‘natilgan mahsulot hajmi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha katta.
Yanvar-noyabr oylarida mamlakat xorijga 64,8 ming tonna o‘rik eksport qilgan, bu mahsulotlarning umumiy qiymati 62,2 million AQSh dollarini tashkil etgan. O‘zbekiston quritilgan o‘rikning faqatgina an’anaviy bozorlarga eksportini oshiribgina qolmay, yangi eksport yo‘nalishlarini ham rivojlantirish ustida ish olib bormoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.
Xalqaro bozorda mahsulot sifatiga katta e’tibor beriladi. Shu bois O‘zbekiston modernizatsiyalangan qadoqlash texnologiyalari va halol sertifikati kabi talablar asosida mahsulot tayyorlashga harakat qilmoqda. Bu bora Prezident mahsus qaror ham imzoladi.

Powered by Froala Editor