O‘zbekiston Gonkong ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, JCh-2026ga ildamlab bormoqda

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2026 saralash bosqichining o‘yinida Gonkong ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zining ustuvorligini namoyon etdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ xabar berdi.

O‘zbekiston Gonkong ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, JCh-2026ga ildamlab bormoqda
“Bunyodkor” stadionida 26-mart kuni bo'lib o'tgan uchrashuv muxlislarga ajoyib taassurotlar olib keldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq ajoyib o‘yin boshladi va E.Shomurodov o‘yinning 20-daqiqasidayoq hisobni ochib, muxlislar umidini oqladi.

X.Erkinov 63-daqiqada ustunlikni ikkinchi marotaba oshirdi. Umumiy natija keltirgan O. Urunov 70-daqiqada yakuniy hisobni O‘zbekiston foydasiga mustahkamlab, g‘alabani tasdiqladi.

Bu g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasini 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etish orzusiga yaqinlashtirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing