O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kengaytirmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston yana ikki Afrika davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ushbu hamkorlik yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kengaytirmoqda
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Kabo-Verde o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolangan. Ushbu hamkorlik ikki xalq uchun ham katta imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Seyshel orollari bilan ham diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Saidovning ta’kidlashicha, bu hamkorlik xalq diplomatiyasini rivojlantirish va turizm almashinuvlarini kuchaytirish uchun katta istiqbollarni o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda O‘zbekiston dunyoning 150 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, ular qatoriga endi Kabo-Verde va Seyshel orollari ham qo‘shildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing