Oʻzbekiston energetika tizimi anomal sovuqqa tayyormi?

O'zbekiston

Energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston energetika tizimi anomal sovuqqa tayyormi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarligi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJga borib, sovuq kunlarda energiya resurslariga bo‘lgan talabni kafolatli ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarning hisobotini eshitgan.

Qayd etilishicha, energetika tizimi 1 dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi ishga tushiriladi. Surxondaryodagi Sharg‘un konida 900 ming tonna ko‘mir qazib chiqarish boshlanadi.

Bundan tashqari, suyultirilgan gaz, mazut, transformator, kabel va boshqa zarur vositalarning zaxirasi tayyorlab qo‘yilgan.

“Bu yil energetika tizimini yaxshilashga barcha manbalardan 14,5 trillion so‘m berdik. Qanday xomashyo, buyum, texnika kerak bo‘lsa, olib berildi. Endi soha rahbarlari mas’uliyatni to‘liq zimmasiga olib, aniq reja qilishi va energiya yetkazib berishni kafolatli ta’minlashi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing