O‘zbekiston BAA va Qatar bilan bellashadi
Sport
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati uchun Osiyo saralashining uchinchi bosqichi doirasida ikkita hal qiluvchi bahs kutib turibdi. 5 iyun kuni jamoamiz BAA mehmoni bo‘lsa, 10 iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi. BAA bilan o‘yindagi g‘alaba yoki durang terma jamoaga to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasini taqdim etadi.
BAA jamoasi bilan o‘yin Abu-Dabidagi "Al-Nahyan" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Guruhning so‘nggi o‘yini - Qatarga qarshi bahs 10-iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 18:45 da yangraydi.
8-tur yakunlariga ko‘ra, "A" guruhida JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron terma jamoasi (20 ochko) peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 17 ochko bilan 2-o‘rinda, keyingi o‘rinda BAA (13 ochko). BAA ustidan qozonilgan g‘alaba Miramov jamoasiga uzoq kutilgan jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etadi. Agar mag‘lubiyatga uchrasa, yo‘llanma Qatarga qarshi o‘yinda o‘ynaladi.
Futbolning iyun oyi tarixiy bo‘lishini va’da qilmoqda - biznikilarni qo‘llab-quvvatlang!

Powered by Froala Editor