O'zbekiston banklarining foydasi besh oy ichida 40% ga oshdi
Iqtisodiyot
2023 yilning besh oyida bank sektorining sof foydasi 4,8 trln so'mni tashkil etdi. Jismoniy shaxslarga kreditlar yil boshidan may oyigacha 2022 yilning shu davriga nisbatan 55% ga oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, O'zbekiston banklarining 2023-yilning besh oyidagi sof foydasi 4,8 trln so'mga yetdi, bu 2022-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 40,5% ga ko’proq.
Shu davrda banklarning jami aktivlari 15,9% ga oshib, 572,3 trln so'mni tashkil etdi. Banklarning depozit portfeli 17,7% ga oshib, 204,8 trln so'mga yetdi. Shu bilan birga, kredit portfelining o'sishi 21,8% ni tashkil etib, 420,5 trln so’mga yetdi.
Berilgan kreditlardan umumiy hajmida muammoli kreditlarning (NPL) ulushi 5,3% dan 3,5% gacha kamaydi. Muddati o'tgan kreditlarning aksariyati O'zagroeksportbankda — umumiy kredit portfelining 90,4%, Ravnaq bank — 76,9%, Madad invest bank — 16% va Xalq banki — 10% ni tashkil etdi.
Shuningdek, regulyator ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilning besh oyida O'zbekistonda jismoniy shaxslarga kredit berish o'tgan yilning shu davriga nisbatan 55% ga oshdi. Berilgan chakana kreditlar hajmi 77,6 trln so'mdan 120,1 trln so'mgacha ko’paydi.

Powered by Froala Editor