O’zbekiston besh oyda 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qildi
Iqtisodiyot
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan, deb xabar berdi O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4%ga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7%), Pokiston (19,7%), Qozog‘iston (15,3%) va Xitoy (7,8%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9% ini tashkil etgan.

Powered by Froala Editor